Agrotekxnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilsa hosil mo‘l bo‘ladi
✅ Amaliy tashrif bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan vazir Ibrohim Abdurahmonov Qarshi tumani “Ko‘chkak” mahallasida joylashgan “Sulton teks” klasterining 65 gektarlik paxta dalasi bilan tanishdi.
🌱 Bu yerda mahalliy “Buxoro 10” paxta navi yakka qator ekilgan bo‘lib, hosil yaxshi yetilib chiqqan.
🫥 Vazir dastlab g‘o‘zaning vegetativ holatini ko‘zdan kechirar ekan, shu kungacha ko‘rsatilgan agrotexnik tadbirlar jarayoni va xo‘jalik mehnat jamoasining kelgusi harakatlar rejasi bilan qiziqdi.
📌 Albatta, qishloq xo‘jaligida islohotlar bugun dastlabki natijalarini bera boshladi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar va olimlarning tavsiyasi asosida fermerlar tomonidan ish olib borilishi paxta hosildorligini oshirishga sabab bo‘lmoqda.
🤔 Vazir qo‘shimcha tarzda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish orqali hosilning to‘liq ochilishiga yordam berish, ilmiy yondashuv asosida ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi.
💬 Binobarin, kelgusi yil hosili uchun 76 sxemada tomchilatib sug‘orish asosida plyonka ostiga qo‘shqator qilib ekish orqali hosildorlikni karrasiga oshirish, shuningdek, ilmiy yondashuv asosida ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish borasida mas'ullarga topshiriq berdi.
💬 Zero, aholi farovonligi, va yurt ravnaqini o‘ylagan xalqimizning jipsligi ham aynan mana shu islohotlarda mujassam.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Tizimdagi sustkashlik kelgusida muammolar ko’lamining ortishiga asos bo’ladi
✅ Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov navbatdagi tashrif lokatsiyasi bo‘yicha Nishon tumani "Oydin" paxtani qabul qilish maskanida bo‘ldi.
🏠 Ushbu maskanda keng dala maydonlarida yetishtirilib, hosili terib olingan paxtalar vaqtinchalik saqlash uchun jamlanadi. Aytish mumkin, mazkur majmuada joriy yilgi paxta hosilini qabul qilish uchun yetarlicha imkoniyatlar va ishchi kuchi mavjud.
🏪 Umumiy jarayon ijobiy kechayotgan bo‘lsa-da, biroq, mas’ullarning "Agroplatforma.uz" tizimi bilan ishlash, jamlanayotgan paxtaning mavjud qiymatini aks ettirish va uni platformaga joylash ishlarida quvonarli natijadorlik ko‘rinmaydi. Saqlash maskaniga olib kelingan paxtaning umumiy og‘irligi bilan elektron platformada ko‘rsatilgan raqamlar o‘rtasida shubhali ko‘rsatgichlar mavjudligiga guvoh bo‘lish mumkin.
🇺🇿 Vazir jarayonni ko‘zdan kechirar ekan, xodimlarga o‘z vaqtida tushuntirish ishlari olib borilmaganini keskin tanqid qildi. Shuningdek, har bir topshirilayotgan paxtani tarozida aniq o‘lchash va kilogrammlarni shaffof holatda platformalarda aks ettirish lozimligimi ta’kidlab o‘tdi. Qolaversa "Agroplatforma.uz" tizimi bilan sinxronlashtirilgan holda ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida ishni tashkil qilish borasida o‘zining ko‘rsatmalarini bildirdi.
📌 Afsuski, faoliyatga oid ushbu kamchilik va tajribasizlikni ayni tumandagi "Mirishkor ratex tekstil" MChJ ga qarashli paxta qabul qilish maskani mas’ullarida ham ko‘rish mumkin. Bunda tarozibonlarda elektron tizim bilan ishlash ko‘nikmasining mavjud emasligi bir masala bo‘lsa, muhim hisobotga doir raqamlar hali-hanuz qog‘oz jurnallarga qayd etilayotgani muammo ko‘lamining naqadar keng ekanligini ko‘rsatadi.
🔗 Vazir, xodimlarda malaka yetishmovchiligi, kim qanday yo‘nalishda faoliyat yuritishini bilmasligi, mas’ul javobgarning loqaydligi, ishni to‘g‘ri va shaffof tarzda olib borilmaganligi, shuningdek, mutaxassislarda hozirga qadar elektron platforma bilan ishlashda nazariy va amaliy ko‘nikmaning mutlaqo mavjud emasligini keskin tanqid ostiga oldi.
❗️ Aniqki, puxta va samarali yondashuv orqali paxta dalalarimizdagi hosilning aniq ko‘rsatgichlarini aniqlash, qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan keyingi qadamlarni belgilagan holda, tizimlashtirilgan ish rejalarga ega bo‘lish mumkin. Buning uchun, albatta, jarayonlarning barchasi raqamli tarzda, elektron hisob-kitoblar orqali joriy etilishi zarur.
💭 Mas’ullar bilan suhbat chog‘ida, vazir yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va har bir jarayon ustidan tajribaga asoslangan nazorat tizimini o‘rnatish, qolaversa faoliyatda shaffoflikni ta’minlash, shu bilan birga mutaxassislarning bilim ko‘nikmasini oshirish zarurligini ta’kidlab, bu bo‘yicha o‘zining tegishli ko‘rsatmalarini bildirib o‘tdi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM