group-telegram.com/Ilmfanjurnali/442
Last Update:
📣 “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 5-sonida Namangan toʻqimachilik sanoati instituti xodimlari – t.f.d., professor Muradov Rustam Muradovich, t.f.f.d. (PhD) Raximov Fayzullo Xusanboy o‘g‘li hamda University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi tadqiqotchisi Qirg‘izov Madyor O‘ktamali o‘g‘li tomonidan yozilgan “Paxta tozalash qurilmasining samarali ishlashini ta’minlovchi optimal parametrlarini aniqlash” sarlavhali maqola chop etilmoqda.
✅ Maqolada paxta tozalash korxonalarida paxta xomashyosini yirik va mineral aralashmalardan tozalashda foydalanib kelinayotgan texnologik mashinalar ishchi elementlarining qurilma tozalash samaradorligiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari aks etgan.
✅ Tadqiqotning maqsadi sohaga joriy qilinayotgan paxta tozalash mashinalarining samarali ishlashini ta’minlovchi parametrlarni aniqlash hamda belgilangan tartibda tajribalar o‘tkazish orqali ularning ishlash samaradorligini yanada oshirishdan iborat.
✅ Ushbu parametrlarini aniqlashda TOT 23 ko‘rinishdagi to‘liq faktorli eksperiment usuliga tayanilgan hamda olingan natijalar Fisherning F-kriteriyasi ahamiyatlilik darajasi 5% ga teng bo‘lgan jadval asosida solishtirib tekshirilgan.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/442