Telegram Group Search
Qishloq xo’jaligida yangicha yechim va o’zgacha qulayliklari bilan rivojlanayotgan — Agroponika

🔗Agroponika — bu an'anaviy tuproqqa asoslangan dehqonchilik o‘rniga o‘simliklarni suvda yoki inert substratda (masalan, toshloq, perlit, vermikulit) o‘stirish texnologiyasidir. Ushbu usul gidroponika, aeroponika va boshqa soilless (tuproqsiz) texnologiyalarni o‘z ichiga oladi.

Agroponikaning asosiy turlari

🔵Gidroponika: O‘simliklar ildizlari oziqa moddalariga boy suv eritmasida o‘stiriladi.
🔵Aeroponika: O‘simliklar ildizlari havo muhitida saqlanadi va oziqa eritmasi aerozol (tuman) shaklida purkaladi.
🔵Aquaponika: Bu tizimda gidroponika va akvakultura (baliq yetishtirish) birlashtiriladi. Baliqlar chiqindisi o‘simliklar uchun ozuqa moddalari sifatida ishlatiladi.

Agroponikaning foydali tomonlari

🎚Agroponika tizimlari suv va o‘g‘itlarni an’anaviy dehqonchilik usullariga nisbatan ancha samarali ishlatadi. Gidroponik tizimlar, masalan, 90% gacha kamroq suv talab qiladi.

Tuproqqa nisbatan agroponika tizimlarida o‘simliklar tezroq o‘sadi va yuqori hosil beradi, chunki o‘simliklar oziqa moddalarini bevosita o‘zlashtiradi va ildizlar kislorod bilan yaxshi ta'minlanadi.

🔘Bu usul o‘simliklarning o‘sishini yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi. Harorat, yorug‘lik, namlik va oziqa moddalari darajasi aniq nazorat qilinadi, bu esa hosildorlikni oshiradi va kasalliklarni kamaytiradi.

💬Ushbu yondashuv har qanday joyda, hatto yaroqsiz yoki sho‘rlangan tuproqda ham qo‘llanilishi mumkin. Bu tizim shahar sharoitlarida, issiqxonalarda va vertikal dehqonchilikda juda qulay.

🍃Agroponik tizimlar minimal pestitsid va gerbitsidlar talab qiladi, chunki ular qattiq nazorat qilinadigan muhitda o‘simlik kasalliklari va zararkunandalari bilan kurashishni osonlashtiradi.

🌐Tuproq talab qilinmagani uchun, agroponik tizimlarda o‘simliklar zichroq joylashtirilishi mumkin, bu esa ko‘proq hosil olish imkonini beradi. Bunday tanlovni yopiq tizimlarda amalga oshirilishi mumkinligi sababli, hosilni yil davomida uzluksiz yetishtirish imkoni mavjud.

Agroponika zamonaviy qishloq xo‘jaligining innovatsion yo‘nalishidir va kelajakda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, resurslarni tejash uchun muhim vositalardan biri sifatida qaralmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shifobaxsh momaqaymoq: u saraton kasalligi uchun shifomi?

Momaqaymoq o‘simligi xalq tabobatida keng qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklardan biri hisoblanadi. Bu o‘simlik vitaminlar, minerallar va biologik faol moddalar bilan boy bo‘lib, ko‘plab foydali xususiyatlarga ega.

🔵Uning ildizi ichak faoliyatini yaxshilaydi, hazm qilishni tezlashtiradi va ishtahani ochadi. O‘simlik detoksikatsiya xususiyatiga ega bo‘lib, jigar va buyrak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

🌱Momaqaymoqning tarkibida C vitamini, beta-karotin, temir va boshqa antioksidant moddalar mavjud bo‘lib, immunitet tizimini mustahkamlaydi. Shuningdek, yallig‘lanishga qarshi va antibakterial xususiyatlari bor. Shu sababli teri kasalliklarida va kuyishlarda ishlatiladi.

Bu o‘simlik anemiya (kamqonlik) va qon tarkibini yaxshilash uchun tavsiya etiladi, chunki u temir va boshqa muhim minerallarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, qonda qand miqdorini nazorat qilishda yordam beradi. Shu sababli, u qandli diabet bilan og‘rigan odamlarga tavsiya etiladi.

🍃Momaqaymoqni yetishtirish agrotexnikasi

🤔O‘simlik o‘zining oddiyligi va qattiq sharoitlarga chidamliligi tufayli ko‘plab iqlim zonalarida oson yetishtiriladi. U bog‘lar va tabiiy sharoitlarda ham yaxshi o‘sadi. Ammo yuqori sifatli hosil olish uchun asosiy agrotexnika qoidalariga rioya qilish zarur.

🔗U unumdor, yengil va qumoq tuproqlarda yaxshi o‘sadi, lekin juda sernam yoki sho‘rlangan tuproqlarda o‘sishi qiyin bo‘lishi mumkin. Optimal tuproq pH darajasi 6,2–7,5 oralig‘ida bo‘lishi kerak. Uni erta bahorda yoki kuzda ekish tavsiya etiladi. Urug‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq dalaga ekiladi yoki ko‘chat usulida o‘stiriladi.

💧Sug‘orishda ortiqcha suvdan saqlanish kerak, chunki ortiqcha namlik ildizlarning chirishiga olib kelishi mumkin. Qurg‘oqchilik paytida muntazam sug‘orish o‘simlikning yaxshi rivojlanishi va sifatli hosil olish uchun zarur. Unumdorlikni oshirish uchun organik o‘g‘itlar (kompost, chirindi) ishlatilishi mumkin.

🤔Uning ildizi, barglari va gullari dorivor maqsadlarda ishlatiladi, shuning uchun ularni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yig‘ish zarur. Ildizlar odatda kuzda yig‘ib olinadi, barglar esa butun vegetatsiya davrida yig‘ilishi mumkin. Ildizlar tozalanib, quritiladi va dorivor preparatlar tayyorlash uchun ishlatiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Sabzavot yetishtirishda almashlab ekishning ahamiyati


🔄Sabzavotlarni uzluksiz bir yerda almashtirmasdan ekish ularni o‘stirishda, hosil olishda salbiylikka olib keladi. Natijada shu turdagi o‘simlik uchun xos bo‘lgan bir necha xil kasalliklar, shu o‘simlik zararkunandalarini ko‘payishiga olib keladi.

❗️O‘z navbatda qayd qilinganlar sabzavot o‘simligini umumiy rivojlanishiga, hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning oldini olish, sohani barqarorlashtirish uchun sabzavotlar o‘rnini almashtirib turish tavsiya etiladi.

🍅 bir xil o‘simlikni (pomidor, karam va h.k) bir yerga uch yildan so‘ng qayta ekish;

🌲 tuproq ozuqasiga va namligiga talabchan ekin ekilgan yerga, ikkinchi marta tuproq ozuqasiga va namlikka talabi kamroq sabzavot ekish;

🌱 ildizi yerning yuza qismiga joylashgan sabzavot ekish;

🥕 karam, bodring, tomatdoshlar turkumiga mansub va kartoshka ekilib, ularni faqat go‘ng, kompost bilan oziqlantiriladigan yerlarga, 2-3-yillarda ildiz mevali sabzavotlar (sabzi, lavlagi, turp, sholg‘om va boshqalar) va piyoz ekilsa, hosildorligi yuqori bo‘ladi hamda o‘z navbatida ekinni iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘ladi;

🧅 ishlov berishni ko‘p talab qiladigan sabzavot ekinlaridan so‘ng natijada yerlar begona o‘tlardan xalos bo‘lgandan keyin u yerlarga sabzi va piyoz ekish maqsadga muvofiq;

⚡️ takroriy sabzavot ekiladigan yerlarga ertagi sabzavotning eng tezpishar navlarini ekish lozim;

🥔 tomatdoshlar turkumidagi sabzavotlardan kartoshka, pomidor, achchiq-chuchuk qalampir va baqlajon o‘simliklari bedadan bo‘shagan maydonlarga va dukkakli o‘simliklar, karam, piyoz va ildizmevali sabzavotlardan bo‘shagan yerlarga ekilganda yuqori hosil berishi tajribada tasdiqlangan.

Sabzavotlardan karam, kartoshka, poliz o‘simliklari va bodring, ildiz mevalilar, piyoz hamda sarimsoq uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekinlar hisoblanib, ular yerni zararkunandalardan va begona o‘tlardan muhofaza qilib hosildorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Bodring yetishtirish va hosildorlikni oshirishda qanday agrotexnik tadbirlarni qo‘llash zarur?

🥒Mamlakatimiz hududida ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: O‘zbekiston-740, Zilol, Parad, Konkurent, Navro‘z, Omad, Talaba va Gollandiya. F1 duragaylaridan Alibi, Asteriks, Regal, Ayaks, Superina.

💬Urug‘ tanlash: Ekiladigan bodring urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, o‘rtacha kattalikda, butun (sinmagan), vazndor, zararlanmagan bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Urug‘lik ekish oldidan iliq suvda 1-2 soat ivitib qo‘yiladi.

🌲Yer tayyorlash: Urug‘ ekiladigan maydonlar o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotixga 200 kg chirigan go‘ng solinadi. Chirigan go‘ng bilan birgalikda 1 sotixga fosforning 75, kaliyning ham 75% beriladi. Yirik kesaklar maydalangach, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari (pol) olinadi.

Ekish muddati va sxemasi:
Ochiq maydonda qo‘lda 70×30 va 90x20 sm sxemada 4-5 sm chuqurlikka ekiladi. Urug‘ sarfi 1 sotixga 50-60 gramm. Sepilgandan urug‘lar xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi.

🤔Parvarishlash: Unib chiqib nihollar urug‘ palla bargchalari davriga kirgandan keyin birinchi, bitta chinbarg davriga kirgandan keyin esa ikkinchi marta yagana qilinadi. Qator oralarini qo‘l kuchi yordamida ketmon bilan 15-16 sm chuqurlikda o‘simlik atrofi bilan yumshatib turish, mineral oziqa va suv berib borish kerak.

O‘g‘itlash: 1 sotix yerdagi bodring sof holda 5,8 kg sulfat ammoniy, 2,2 kg ammofos, 1,5 kg kaliy xlor o‘g‘itlari bilan oziqlantiriladi. Suvga talabchanligi jihatdan bodring sabzavot ekinlari orasida birinchi o‘rinda turadi.

💦Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish: Bodring urug‘i erta bahorda qurug‘icha ekiladi. Agar tuproq yaxshi qizigan bo‘lsa ekishdan oldin urug‘ bir sutka davomida suvda ivitiladi. 1 kg urug‘iga (2 foizli 34% "Vitavaks", 1,5% li 60,7% "Previkur") purkab, urug‘ni zararsizlantirish tavsiya etiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Zaharlangan yoki kasallangan chorva mollarini qanday aniqlash mumkin?


🐄Chorva mollarining zaharlanganligi yoki kasallanganligini aniqlash muhim hisoblangan. Bu kabi holatlar o’z vaqtida bartaraf etilsa, ehtimoliy katta muammolarni oldini olish mumkin. Bilasiz, zaharlangan yoki kasallangan chorvalar bozorda o’z qiymatini yo’qotishi bilan birga, uning go’shti ham iste’molga yaroqsiz bo’lib qoladi. Ushbu ko’ngilsiz holatlarni quyidagi belgilar orqali bilib olsa bo’ladi.

🔘Zaharlanish belgilari:

Zaharlanish vaqtida nafas olish tizimi yomonlashadi;
Og'iz atrofida ko'piklanish hosil bo’ladi. Bu odatda kimyoviy yoki o'simlikdan zaharlanish belgisi bo'lishi mumkin;
Zararli ozuqa yoki suv iste'mol qilish oqibatida qorin dam bo’ladi;
Koordinatsiya buziladi, qaltirash, yurishdagi qiyinchiliklar ortib boradi;
Ko’ngil aynish holati kuzatila boshlaydi.

🌐Kasallik belgilari:

Chorva mollari kasallansa, avvalo tana harorati ko’tariladi;
Ishtaha yo’qoladi. Oziqlanish va kuchga to’lish uchun kerak bo’lgan yemaklarni iste’mol qilmay qo’yadi;
Nafas olishda qiyinchilik, yo'tal yoki qaltiroq paydo bo'la boshlaydi;
Ko'zlarda qizarish, suvsizlik yoki burundan chiqayotgan suyuqlik infeksiyaning belgilari bo'lishi mumkin;
Kasallik oqibatida hayvonlarda harakatsizlik ortadi. O’rnidan turishga kuch topolmaydi;
Najasning g'ayritabiiy rangi, hidi, yoki konsistensiyasi kasallik belgisi bo'lishi mumkin.

🔗Agar ushbu belgilarni sezsangiz, imkon qadar tezroq veterinarga murojaat qiling. Vaqtida aniqlanmagan zaharlanish yoki kasalliklar chorva mollari uchun xavfli bo'lishi mumkin. Shu bilan birga oziqlantirish ratsionga ham alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Yem va suvning tarkibi doim tekshirilishi shart.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Fosfordan foydalanish iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkonini beradi

🌱Fosfor o‘simliklarning ildiz tizimini mustahkamlash va meva berish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Bu esa hosildorlikni oshiradi va fermerlar uchun yuqori daromad manbai bo‘ladi.

🔼Ayniqsa, yuqori fosfor talab qiladigan ekinlarda (masalan, g‘alla, paxta, sabzavotlar va mevali daraxtlar) fosforli o‘g‘itlar yetarli darajada qo‘llanilsa, hosil miqdori sezilarli darajada ortadi.

📌Yana bir ahamiyatli tomoni, tuproqqa kiritilgan fosforli o‘g‘itlar tarkibidagi fosforning 5-15% i (dehqonchilik uchun o‘ta qulay yillarda 20% gacha) birinchi yilda ekilgan ekinlar tomonidan o‘zlashtiriladi.

🔗Demak, yerga solingan fosforli o‘g‘itlarni 80% i kelasi yillarga zaxiralanadi. Shu sababli fosforli o‘g‘itlardan foydalanish koeffitsiyentini yaxshilash yo‘llaridan biri uni zaxiraviy qo‘llashdir.

🤑Mazkur usulda har gektar maydonga 3-4 t atrofida fosforli o‘g‘it kiritiladi, bunda o‘g‘itni tuproqqa kiritish bilan bog‘liq xarajatlar keskin kamayadi.

▶️Shuningdek, fosforli o‘g‘itlar azot va kaliy o‘g‘itlari bilan birgalikda ishlatilganda samarali natijalar beradi. Bu muvozanatli oziqlantirishning o‘simliklar uchun ideal sharoit yaratishiga olib keladi va hosildorlikni ko‘paytiradi.

👍Yaxshi hosildorlik orqali fermerlar o‘g‘itlar uchun sarflagan xarajatlarni qoplaydi va qo‘shimcha daromadga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, yur unumdorligiga erishishlari ham mumkin.

📝Fosforli o‘g‘itlarning haddan tashqari yoki yetarli darajada ishlatilmasligi hosilga zarar yetkazishi mumkin. Optimal doza tanlash hosildorlikni oshirishda muhim hisoblanadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/13 01:10:42
Back to Top
HTML Embed Code: