Telegram Group Search
Tijorat banklari o‘zini o‘zi band qiluvchishaxslarga ipoteka krediti ajratadimi?
Anonymous Quiz
76%
ha
24%
yo’q
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Faktoring tadbirkor uchun qanday yordam bera olishi mumkin

Batafsil video rolik orqali ko'rishingiz mumkin 👇
https://youtu.be/fkVCQkIrgt4

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zini o‘zi band qiluvchi shaxslarga kimlar kiradi?

O‘zini o‘zi band qiluvchi shaxslar – bu o‘zi uchun ishlaydigan insonlar.
Ular qonun bilan ruxsat etilgan 101 faoliyat turidan birini tanlash huquqiga ega.

O‘zini o‘zi band qiluvchi shaxslar qanday daromad olishadi?
Qonunga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qiluvchi shaxslar faoliyati natijasida olingan barcha daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi: ular qancha pul topsalar, shuncha pulni o‘zlariga qoldirishadi.

O‘zini o‘zi band qiluvchi shaxslar bankda ipoteka kreditlari olishlari mumkinmi?
Ba’zi tijorat banklari o‘zini o‘zi band qiluvchi shaxslarga birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditlarini taqdim etishadi

Ipoteka kreditini olish uchun qanday hujjatlar kerak?
🗄 shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport / ID karta)
🗄 oldi-sotdi shartnomasi
🗄 o‘zini o‘zi band qiluvchi shaxs faoliyatini tasdiqlovchi hujjat

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalq banki
birlamchi bozordan uy joy sotib olish uchun:
muddati – 240 oygacha;
boshlang‘ich badal – 40 foiz;
foiz stavkasi – yillik 18%;
miqdori – 420 mln so‘mgacha;

O‘zmilliybank
birlamchi bozordan uy sotib olish uchun:
muddati – 240 oygacha;
boshlang‘ich badal – 40 foiz;
foiz stavkasi – yillik 18%;
miqdori – 420 mln so‘mgacha;

birlamchi va ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun:
muddati – 120 oygacha;
boshlang‘ich badal – 40 foiz;
foiz stavkasi – yillik 24%;
miqdori – chegaralanmagan;

O‘zSQB
birlamchi bozordan uy sotib olish uchun:
muddati – 240 oygacha;
boshlang‘ich badal – 30 foiz;
foiz stavkasi – yillik 18%;
miqdori – 420 mln so‘mgacha;

birlamchi va ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun
muddati va foiz stavkasi:

– 7 yilgacha yillik 26%;
– 10 yilgacha yillik 27%;
– 15 yilgacha yillik 28%;
boshlang‘ich badal – 40 foiz;
miqdori – 1,5 mlrd so‘mgacha;

Ipak Yo‘li banki
birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun:
muddati 60 oygacha bo‘lganda
– foiz stavkasi 27%;
muddati 84 oygacha bo‘lganda
– foiz stavkasi 28%;
boshlang‘ich badal – 50 foiz;
miqdori – 800 mln so‘mgacha;

Ziraatbank
birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun:
muddati – 120 oygacha;
boshlang‘ich badal – kamida 30 foiz;
foiz stavkasi – yillik 25,5-28%;
miqdori – 1,85 mlrd so‘mgacha.

Turonbank
birlamchi bozordan uy joy sotib olish uchun:
muddati – 240 oygacha;
boshlang‘ich badal – 50 foizdan boshlab;
foiz stavkasi – yillik 17-18%;
miqdori – 420 mln so‘mgacha;

Asia Alliance Bank
birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun:
muddati – 144 oygacha;
boshlang‘ich badal – 30 foiz;
foiz stavkasi – yillik 29,99%;
miqdori – 1,088 mlrd so‘mgacha.

Ipoteka-bank
birlamchi bozordan uy sotib olish uchun:
muddati – 240 oygacha;
boshlang‘ich badal – 30 foiz;
foiz stavkasi – yillik 18%;
miqdori – 420 mln so‘mgacha;

birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun
muddati – 240 oygacha;

boshlang‘ich badal – 26 foiz;
foiz stavkasi – yillik 26,9%;
miqdori – 1,7 mlrd so‘mgacha;

🌐@finlituzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Moliyaviy rejalashtirish haqida ko'proq bilmoqchimisiz?
Sizni yoshlar uchun moliyaviy savodxonlik klubi yig'ilishlariga taklif qilamiz

Sizni nima kutmoqda?
🔵 moliyaviy reja nima ekanligini va uni qanday qilib to'g'ri tuzish kerakligini o'rgatamiz
🔵 tejamkorlik texnikasi haqida gaplashamiz
🔵 moliyaviy maqsadni qanday qilib to'g'ri qo'yish va unga erishishni o'rgatamiz

📍 O'tkaziladigan joy: Respublika bolalar kutubxonasi
Sanalar:
28-sentabr soat 16:00 - rus tilida
Havola orqali roʻyxatdan oʻtish
29-sentabr soat 16:00 - o'zbek tilida
Havola orqali roʻyxatdan oʻtish

💲 Finlit.uz bilan moliyaviy savodxonlikni qiziqarli tarzda oshiring

@acdflibrary_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik
➡️ Mikromoliya tashkiloti va mijoz o'rtasida tomonlarning kelishuvi bo'yicha tuzilgan shartnoma tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda, agar foydada ishtirok etish asosida moliyalashtirish xizmati doirasida olingan jami daromad summasi umumiy xarajatlar summasiga teng bo'lsa investitsiya qilingan kapital (mablag' lar) mikromoliya tashkilotiga qaytariladi.

Mikromoliya tashkiloti foydada ishtirok etish asosida moliyalashtirish xizmatini ko'rsatish doirasida zarar ko'rgan taqdirda, mijozdan ushbu zararni undirishga yo'l qo'yilmaydi, mijozning o'z majburiyatlarini bajarishda vijdonsiz harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zarar bundan mustasno.

⭕️ Agar mijoz foydani taqsimlash asosida moliyalashtirish xizmati doirasida tuzilgan shartnoma shartlarini bajarishni boshlagan bo'lsa yoki ushbu shartnomaning amal qilish muddati hali tugamagan bo'lsa, ushbu shartnoma mikromoliya tashkiloti tomonidan bir tomonlama bekor qilinishi mumkin emas, shartnoma shartlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston 24 telekanalida "Moliyaviy madaniyat" loyihaasi

Ushbu dastur Markaziy bank eskpertlari va tijorat banklari bilan birgalikda tashkil etilgan

Mavzu - Omonat ochish turlari va omonat afzalliklari


🔴 Ko'rsatuvni youtube kanalimizda ko'rishingiz mumkin

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijobiy kredit tarixi qanday bo‘ladi?
〰️ Ijobiy kredit tarixini shakllantirish uchun muntazam ravishda to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida yoki muddatidan oldin amalga oshirib borish kerak bo‘ladi

〰️ Shu bilan birga, qarz oluvchi doimiy ravishda kredit olgan va uni o‘z vaqtida (tasdiqlangan to‘lov grafik jadvaliga muvofiq) so‘ndirib borgan bo‘lsa, kelgusida kredit olish imkoniyati yanada oshib boradi

Agarda sizda kredit tarixi haqida savollar bo'lsa intervyu orqali savollaringizga javob topishingiz mumkin

🔴 Ko'rsatuvni youtube kanalimizda ko'rishingiz mumkin

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

🌐 @KATM_kredit_byurosi
obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sizga yo‘l harakatini buzganingiz uchun jarima solinsa, Siz ushbu jarimani qachon to‘laysiz?
Anonymous Poll
27%
xabar topishim bilanoq
64%
15 kun ichida
4%
60 kun ichida
5%
60 kundan uzoqroq muddatda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
60 kun ichida jarimani to‘lamasa nima oqibatlarga olib keladi?

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining "Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida"gi buyrug'iga muvofiq (O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 5-iyul, 2240-son bilan ro'yxatga olingan)

⭐️ tizim avtomatik ravishda jarima to'lanmaganligi to'g'risidagi ma'lumotlarni Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosiga (MIB) yuboradi;
⭐️ MIB avtomobil egasi nomiga ro'yxatdan o'tgan mol-mulkni hibsga olishi mumkin. Bunday holda, huquqbuzarga yangi mulk sotish yoki sotib olish taqiqlanadi.

Yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to'lash muddati:
agar jarima sizning huzuringizda YPX inspektori tomonidan chiqarilgan bo'lsa, uni 30 kun ichida to'lashingiz kerak.
agar jarima kamera tizimi tomonidan avtomatik ravishda qo'llanilsa, to'lov muddati 60 kungacha oshiriladi.

💲 Finlit.uz yo'l harakati qoidalarini buzmaslik va pulingizni tejashni maslahat beradi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Aziz ustozlar!

🌸 Sizlarni 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va xonadoningizga fayz-u baraka tilaymiz!

🌐@finlituzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qimmatbaho metallarga investitsiya kiritish nima sababdan manfaatli hisoblanadi?
Anonymous Poll
17%
Inflyatsiyadan himoyalanish
12%
Barqaror talab mavjudligi
17%
Yuqori likvidlik
55%
Barcha javoblar to‘g‘ri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Finlit.uz o'lchovli oltin quymalarni qayta sotish bilan bog'liq eng ko‘p uchraydigan savollarga javob beradi:

O'lchovli oltin quymalarni qayerda qaytarib sotishim mumkin?
Oltin quymalarni tijorat banklariga qayta sotish uchun siz oltin quymalarni sotish va sotib olish punktlaridan biriga tashrif buyurishingiz zarur.

Buning uchun qanday hujjatlar kerak?
Oltin quymani sotib olishda taqdim etilgan maxsus sertifikat hamda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) olib kelishingiz kerak bo'ladi.

Ushbu jarayon qancha vaqt oladi?
Agar qadoq buzilmagan bo‘lsa, tijorat banki tomonidan oltin quymalar egasiga toʻlovni darhol amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi.
Agar oltin quymalar qadog‘i shikastlangan bo'lsa, unda siz bank kassasiga murojaat qilganingizda ular dalolatnoma tuzadilar va sizning oltin quymani ekspertizaga yuboradilar. Ekspertiza javobini taqdim etish taxminan bir haftadan bir oygacha vaqt oladi.

Oltin quymalarni sotib olish narxi Markaziy bankning rasmiy sahifasida e'lon qilingan narx bilan aynan bir xil bo'ladimi?
Oltin quymalarning narxi og‘irligiga va har kuni o‘zgarib turadigan oltin narxiga bog‘liq bo‘ladi. Banklar, ichki qoidalarga asoslanib, har kuni Markaziy bank sahifasida e'lon qilingan narxga nisbatan 2-5% atrofida diskont belgilashlari mumkin.

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

obuna bo'ling 🌐@finlituzb
на русском 🌐@finlituzb_ru
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston fuqarolari, agar ularning bankda kreditlari mavjud bo‘lsa, chet elga chiqishlari mumkinmi?
Anonymous Quiz
82%
ha
18%
yo‘q
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/15 02:21:50
Back to Top
HTML Embed Code: