Telegram Group Search
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#10fakt

Yevropa Uyg‘onish davrining mashhur olimlaridan biri bo‘lgan Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya universitetlarida allomaning asarlari asosida astronomiyadan ma’ruzalar o‘qigan – Al-Farg‘oniy haqida 10 ta fakt.

Mazkur loyiha doirasida yaratilgan media mahsulotlar O‘zbekiston tarixi fani o‘qituvchilari uchun foydali manba bo‘lishiga ishonamiz.

Quyida 10 fakt loyihasi doirasidagi media-mahsulotlarni ko‘rish mumkin:

Mirzo Ulug’bek , Najmiddin Kubro , Muhammad al-Xorazmiy , Husayn Boyqaro, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy

@otabek_khasanov
#iqtibos

Bizning yoshlar, albatta, boshqa tillarni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir.

✍️ Is‘hoqxon Ibrat

@otabek_khasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Бўлар_эканку

Vatanda bo‘lib, vatansizlikdan yomoni yo‘q. Turli sabablar bilan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs sifatida uzoq yillar yashab, barcha huquqlardan bemalol foydalana olmaydiganlar bor edi.


Yangi islohotlar sabab bunga barham berildi. Minglab insonlar O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinib, huquqlari tiklandi, manfaatlari ta’minlanib, inson qadri yuksaltirildi.

Bu jarayonlarni “Bo‘lar ekan-ku” loyihasi orqali yodga olamiz.

@otabek_khasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining navbatdagi sammitida ishtirok etdi.

@otabek_khasanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sherzodjon Polvonov Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar, Mahallalar uyushmasining mahallalar obodligini ta’minlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

@otabek_khasanov
⚡️Bugun muhim kun. O’zbekiston milliy terma jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichida Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O’yin 10-oktabr Toshkent vaqti bilan 19:00 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yinni “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.

Omad yigitlar, biz sizga ishonamiz! Barchamiz jamoamizni bir bo’lib qo’llasak, albatta, g’alaba bizniki bo’ladi.

@otabek_khasanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soʼnggi vaqtlarda yoshlar oʼrtasida kvadroberlik degan submadaniyat holatlari kuzatilmoqda. Unga koʼra, inson oʼzini toʼliq hayvon hisoblab, uning qiyofasini aks ettiruvchi aksessuarlarni kiyish bilan birga oʼsha jonzot kabi harakatlanadi ham.

Bu kabi holatlar hozirda Qozogʼiston, Rossiya va Ukraina yoshlari orasida ham kuzatilmoqda.
Bilamizki, hozir madaniyatlararo chegaralar yoʼq, axborot oqimini esa toʼxtatib boʼlmaydi. Shu sabab mazkur submadaniyat bizda ham kuzatilayotgani, yoshlarimiz orasida “kvadrober”lar uchrayotgani achinarlidir.

Xususan, 10 oktabrda Toshkent shahrida hayvon qiyofasidagi niqobni taqib olgan “kvadrober” uchratilgani, 11 oktabrda esa poytaxtda yana bir “kvadrober” yoʼlovchilarga itdek hujum qilgan, voqeaga guvoh boʼlgan bola qattiq qoʼrqib ketganligi xabar berilgan.

Biz avvalo, har bir tirik jonzotga mehr-shafqatli boʼlish, hayvonlarga ozor bermaslikni insoniylikning muhim fazilati sifatida qadrlovchi xalqmiz. Biroq tabiat gultoji boʼlgan inson boʼlishdan voz kechishga urunish, hayvonlarda kuzatiladigan agressiv xatti-harakatlarni qilishni har qanday xalq qoralaydi, umumbashariy qadriyatlar inkor qiladi.

Аyniqsa, ongi taʼsirchan, taqlidga moyil, yangiliklarga qiziquvchan yoshlar uchun kvadroberlik juda xavfli. U bolani jamiyatdan ayro, odamlardan uzoq, har qanday yurish-turish qoidalaridan begona qilib qoʼyadi.

Аziz ota-onalar, qadrli ustozlar, jamiyatimiz ziyolilari bu kabi holatning yurtimizda bitta boʼlsa ham kuzatilishi ertaga uning rivojlanishiga zamin boʼlishi mumkin. Koʼzqorachiqlarimiz taqdiriga befarq, kelajagiga beeʼtibor boʼlmaylik.

Аyniqsa, ziyolilarni insoniylikni keng targʼib qiluvchi qadriyat, anʼana, maʼrifatimiz asosida bu kabi submadaniyat holatlariga oʼz keskin munosabatlarini bildirishga chaqirib qolaman.

@otabek_khasanov
 
#kino_tavsiya

Yakshanba oqshomi uchun “O’tov” filmini tomosha qilishni tavsiya qilgan bo’lardim.

O‘z davrini yashab bo‘lgan siyosatning inson taqdiriga ko‘rsatgan salbiy oqibatlari “O‘tov” filmida o‘zgacha talqinda yoritilgan.

Film 2007-yilda yaratilgan. Shu yili Anapa shahrida bo‘lib o‘tgan “Kinoshok” festivalida “Eng yaxshi erkak roli uchun” sovrinini qo‘lga kiritgan.
 
Filmni to’liq bu yerda tomosha qilishingiz mumkin👉
https://youtu.be/95wi2n28tMU?si=eXFBLYUjsrPH7TEg

@otabek_khasanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida obyektlarni ishga tushirish va yangilarining qurilishiga start berish rejalashtirilgan.

@otabek_khasanov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident Keles yoʻlida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

@otabek_khasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida qurilishi yakunlangan obyektlarni ishga tushirdi va yangilariga start berdi.

@otabek_khasanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurib, sanoat tarmoqlari uchun muhandislarni tayyorlash maktabi hamda «Yoshlik-1» konini o‘zlashtirish ishlari bilan tanishadi, mis boyitish bo‘yicha yangi quvvatlar qurilishiga start beradi.

Shuningdek, Prezident raisligida Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

@otabek_khasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Олмалиқдаги муҳандислар тайёрлаш мактабига ташриф буюрди

@otabek_khasanov
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish boshlandi.

Davlatimiz rahbari so‘nggi yetti yilda barcha hududlar singari Toshkent viloyatida ham katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini qayd etdi.

Viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobarga o‘sib, o‘tgan yili 119 trillion so‘mlik qo‘shilgan qiymat yaratildi, tadbirkorlar 16 mingtaga ko‘payib, 170 ming doimiy ish o‘rni paydo bo‘ldi.

Viloyatda 6 milliard dollarlik 826 ta yangi sanoat korxonasi ishga tushdi, 5 milliard dollarlik eksport bo‘ldi.

Shularning natijasida o‘tgan to‘rt yilda 70 ming, bu yilning o‘zida esa 19 mingta oila kambag‘allikdan chiqarildi.

Toshkent viloyati hududi 15 ming kvadrat kilometr bo‘lib, Andijondan 3,5 baravar ko‘p. Viloyat tuman va shaharlar soni bo‘yicha respublikada birinchi o‘rinda.

Lekin viloyat o‘z imkoniyatlarining yarmini ham ishlatmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

@otabek_khasanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/15 12:23:43
Back to Top
HTML Embed Code: