Telegram Group Search
#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi Raisi tizimda faoliyat yuritayotgan mingdan ortiq ayollar bilan uchrashdi

Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev soliq organlarida mehnat qilayotgan mingdan ortiq ayollar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ulardan bir qanchasi rahbarlik lavozimlarida, jumladan viloyat soliq boshqarmalaridagi mas'ul tuzilmalar, tuman, shahar soliq inspeksiyalariga rahbarlik qilmoqda.

Sh.Kudbiyev barcha xodimalarga fidokorona xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik izhor etib, ularning ishtirokisiz soliq tizimining samarali faoliyatini tasavvur qilish qiyinligini taʼkidladi. Suhbat chog‘ida mehnat sharoitlari va karyera istiqbollari bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tadbir qatnashchilari professional muhitni yaxshilashga qaratilgan o‘z fikrlari va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Qo'mita Raisi tomonidan "korxonabay" va "mahallabay" yo'nalishlarda ishlayotgan xodimlarni rag'batlantirish hamda KPI tizimining ayrim mezonlarini qayta ko'rib chiqish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

Halol mehnati va soliq qonunchiligini keng jamoatchilikka yetkazishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Toshkent viloyati soliq boshqarmasi xodimi Mukambar Tojiboyevaga navbatdan tashqari maxsus unvon berildi.

Uchrashuvdagi iliq va samimiy muhit barcha qatnashchilarga har bir xodimning hissasi qadrlanadigan katta jamoaning muhim a'zosi, bir qismi ekanini his qilish imkonini berdi.

Tadbir yakunida Sh.Kudbiyev ayollarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklab, ularga muvaffaqiyat, farovonlik va yangi yutuqlar tiladi.
_________
#встреча

Более тысячи женщин в налоговой службе: теплая встреча с председателем накануне праздника


В преддверии Международного женского дня председатель Налогового комитета провел встречу с более чем тысячей женщин, работающих в налоговых органах. Некоторые из них занимают руководящие должности, в том числе возглавляют ответственные структуры в областных налоговых управлениях, а также руководят районными и городскими налоговыми инспекциями.

Ш.Кудбиев искренне поблагодарил всех сотрудниц за труд, отметив, что без их участия сложно представить эффективную работу налоговой системы. В беседе обсуждались актуальные вопросы, связанные с условиями работы и карьерными перспективами.

Участницы встречи поделились своими мнениями и предложениями, направленными на улучшение профессиональной среды. Председателем поддержаны инициативы по поощрению сотрудников, работающих по системе «корхонабай» и «махаллабай», и пересмотру некоторых критериев KPI.

За добросовестный труд и активный вклад в широкое разъяснение общественности налогового законодательства сотрудница Ташкентской области Мукамбар Таджибаева повышена в специальном звании.

Теплая и душевная атмосфера встречи позволила всем присутствующим почувствовать себя частью большой команды, где ценят вклад каждого сотрудника.

В завершение мероприятия Ш.Кудбиев поздравил женщин с наступающим праздником, пожелал им успехов, благополучия и новых достижений.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mol_mulk_va_yer_soligi

Hurmatli fuqarolar! 2025-yil uchun yer va mol-mulk soliqlari hisoblandi!

♦️Joriy yil uchun hisoblangan soliqlar teng ulushlarda quyidagi muddatlarda to'lanadi:
🔺 teng yarmi - 15-aprelgacha;
🔻 qolgan qismi - 15-oktabrgacha.

⚖️ Soliqlaringizni belgilangan muddatda to‘lashni unutmang!

📌 Sizga to‘lov xabarnomalari qanday yetkaziladi?

✍️ Imzo qo‘ydirilgan holda qo‘lingizga topshiriladi
💻 Shaxsiy kabinetingizga elektron tarzda keladi
📩 Uyali telefoningizga SMS-xabarnoma sifatida yuboriladi
📱 Soliq mobil ilovasi orqali ham olish mumkin

🔍 Hisoblangan soliq summalarini bilishning eng tez va qulay usuli:

✔️ Soliq mobil ilovasini yuklab oling ⬇️
📱 Android uchun
📱 iOS uchun

🔐 Ilovaga Face ID orqali tez va xavfsiz kirish mumkin!
🏠 Sizga tegishli barcha obyektlar haqida ma’lumot avtomatik ravishda aks etadi!

Soliqlar – jamiyat taraqqiyotining asosi va ularni o‘z vaqtida to‘lash burchimizdir!

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#bilasizmi

2025-yil 1-yanvardan boshlab:


Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi (jarima - bunday faoliyatdan olingan daromadning 10 foizi, lekin 1 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda).
👉 Soliq kodeksining 219-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, maʻmuriy javobgarlik saqlanib qolinadi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-moddasi

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
#bilasizmi

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

Fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi.

✔️Shu bilan birga, avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash va soliq organlariga tegishli axborot berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik saqlanib qoladi (mansabdor shaxslarga – BHMning 100 baravari).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismi

Qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinadi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 166-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, bunday huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar oʻz kuchida qoladi - realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
👉Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasi

Shu bilan birga, xodimlar sonini yashirganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi (BHMning 10 baravari miqdorida jarima).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-prim 5-moddasi

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓Eslatma ❗️2025-yil 7-mart

fevral oyi uchun:

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️7 марта 2025 года - последний день

за февраль:


- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Давлат_хизматчиси

⚡️Дилдора Хашимова: Давлат хизматчиси учун энг муҳим жиҳат — ҳалоллик ва садоқат

"Давлат хизматчиси" рукнимизнинг бу галги қаҳрамони Ўзбекистон Республикаси Солиқ қўмитаси Жамоатчилик билан алоқалар бошқармаси бошлиғи Хашимова Дилдора Хуррамовна. Давлат хизматида ишлаш — унинг болалик орзуси бўлган.

— Солиқ тўловчилар янгиликларимизни кутади, — дейди у. — Одамларнинг сизга бўлган ишончи — энг катта ютуғингиз.

Оила ва карьера ўртасидаги мувозанатни сақлаб, давлат хизматида муваффақиятли ишлаётган қаҳрамонимизнинг фикрларини тинглаб кўринг.

📱 Youtube саҳифамизда батафсил.

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi endi yanada qulay!

Yangi 2.0.12 versiyasida:

🏠 "Mening uyim" bo‘limida fuqarolar ko'p kvartirali uylarni boshqaruvchi kompaniyalar (XUJMSh) xizmatlari uchun to'lovni amalga oshirishlari;

📈 eksportyorlar - sotib olingan qishloq xo'jaligi mahsulotlari bo'yicha kirim dalolatnomalarini rasmiylashtirishi mumkin.

❗️Soliq mobil ilovasini faqatgina rasmiy platformalardan yuklab oling:
📱 Play Market
📱 App Store

Soliq mobil ilovasida 10 mlndan ortiq foydalanuvchi ro'yxatdan o'tdi.
__________
#мобильное_приложение

Приложение Soliq теперь еще удобнее!

В новой версии 2.0.12:

🏠 граждане могут оплатить услуги управляющей компании многоквартирного дома (ТЧСЖ) в разделе "Мой дом";

📈 экспортеры - оформить акт закупки сельхозпродукции.

❗️Скачивайте мобильное приложение Soliq только с официальных платформ:
📱 Play Market
📱 App Store

В приложении уже более 10 млн пользователей.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_sorovnoma
#jamoatchilik_fikri

Soliq qonunchiligi va iste'molchi madaniyati

Soliq toʻlovchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar, soliqlarni toʻlash muddatlari, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrini oʻrganish maqsadida videosoʻrovnomalar oʻtkazildi.

Batafsil: Youtube orqali ko'rish

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#8_mart

Assalomu alaykum muhtarama onaxonlar!

Qadrli opa-singillar!

💐Go‘zal diyorimizga barchamiz sog‘inib kutgan bahor nafasi kirib kelayotgan, tabiat ochilib, ko‘ngillarimiz yorug‘ tuyg‘ularga to‘lib borayotgan mana shu kunlarda Siz azizlarni, sizlar orqali barcha ayollarni 8 mart bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | X | Threads
2025/03/10 00:04:11
Back to Top
HTML Embed Code: