To‘qsonbosti ekinlar - daromad manbai. Qanday yondashuvni qo‘llash samarali?
🌱 To‘qsonbosti ekinlar tizimi respublikamizda hosildan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanishga katta imkoniyat yaratadi. Avgust-noyabr oylarida yer bo‘shab qolgandan so‘ng, unga sabzavot va boshqa ekinlarni ekish orqali fermerlar qo‘shimcha daromad olish imkoniga ega bo‘lmoqda. Ayniqsa, piyoz, sarimsoqpiyoz kabi sabzavotlarni “to‘qsonbosti” usulida ekish yaxshi foyda beradi.
▶️ “To‘qsonbosti” usuli sabzavotlar erta hosil olishiga yordam beradi. Bu usul bo‘yicha urug‘lar yerga qishda ekiladi va 90 kun davom etadigan sovuq kunlar bosimida bo‘ladi. Shu sababli, erta bahorda ular tez unib chiqadi va bozor talablariga mos ravishda erta hosil beradi. Natijada, dehqon va fermerlarimiz bozorda yuqori talab mavjud bo‘lgan vaqtda mahsulotni sotish orqali yuqori foyda oladi.
💚 Bundan tashqari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Paxtakor nav sinash uchastkasida kuzgi shudgorlash ishlari yakunlanib, 9 gektar maydonda to‘qsonbosti usulda piyoz va sarimsoqpiyoz ekildi. Bu loyihalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘paytirishga va mahalliy iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, mazkur uchastkada 2 sotixli issiqxonada limon va apelsin yetishtirilmoqda, bu esa qish mavsumida ham doimiy daromad olishga xizmat qiladi.
✅ Tavsiya sifatida, dehqonlarimiz to‘qsonbosti usulini yanada kengroq qo‘llash orqali foydani oshirishlari mumkin. Bu usulda samarali natijalarga erishish uchun urug‘larni sifatli tanlash, maydonni kuzgi shudgorlash orqali yaxshi tayyorlash, va sovuqdan himoyalanish uchun yerlarni to‘g‘ri qoplash kabi texnikalarni qo‘llash zarur. Shu yo‘l bilan to‘qsonbosti ekinlari hosildorligi oshadi, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy barqarorligiga hissa qo‘shadi, va ichki bozor ehtiyojlarini yanada qondirishga yordam beradi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi borasidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
🟢 MDH agrosanoat kompleksi masalalari bo‘yicha Hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi video-konferens-aloqa tarzida bo‘lib o‘tdi.
💬 Unda MDH agrosanoat majmui masalalari bo‘yicha 2024-2025 - yillarga mo‘ljallangan hukumatlararo kengash raisini saylash, organik qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim loyihasi hamda 2025-yilda MDH agrosanoat majmui bo‘yicha Hukumatlararo kengashning navbatdagi majlisini o‘tkazish singari masalalar muhokama etildi. Shu bilan birga MDHga a’zo davlatlarning agrar sohada mutaxassislarni tayyorlash, oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy raqamli laboratoriyalarni tashkil etish borasidagi fikrlar ham muhokama etildi.
💬 Mazkur yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, oliy darajadagi yig‘ilish doirasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik dasturi va Agrosanoat majmuasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bitim loyihalarini ishlab chiqish tashabbusi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
👀 Ushbu tashabbus ijrosi bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlik dasturi ishlab chiqildi va yig‘ilish qatnashchilariga ko‘rib chiqish va takliflarni olish uchun taqdimot qilindi.
💚 Yig‘ilish yakuniga muvofiq MDH a’zo davlatlari tomonidan dasturni qabul qilish ma’qullandi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sohada yangi davr imkoniyati: “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to’g’risida”gi qonunning mohiyati nimada?
🟢 2021–2024 - yillarda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida katta o‘zgarishlar yuz berdi — 785,5 mingdan ortiq yangi dehqon xo‘jaliklari tashkil etildi. Buning ortida ko‘plab kichik fermer xo‘jaliklarini birlashtirish orqali yanada barqaror va raqobatbardosh tizim yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yotadi. Ana shu maqsadda yaqinda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonun sektorni rivojlantirishda katta qadam sifatida baholanyapti.
❗️ AOKAda Qishloq xo‘jaligi vazirligi departament rahbari Soatmurod Qulmirzayev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi. Mazkur qonun, hududlarda aniq ehtiyoj va muammolarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Bu jarayonda 20 ta tumanda 15 mingdan ortiq ishlab chiqaruvchilar ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovlar va seminarlar muhim rol o‘ynadi.
✅ Qonun 60 ta moddadan iborat bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi kooperativlarining asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Endi yirik eksportyorlar ko‘plab kichik ishlab chiqaruvchilar bilan alohida-alohida shartnoma tuzish o‘rniga, ularni birlashtirgan kooperativlar bilan hamkorlik qiladi. Bu “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ekinlarning yagona tizimda joylashtirilishini ta’minlab, hosildorlikni samarali boshqarishga yordam beradi.
📄 Kooperativlar orqali ishlab chiqaruvchilar ulgurji xaridlar orqali zarur resurslarni arzonroq narxda olishadi, hamda marketing va logistika xizmatlaridan keng ko‘lamda foydalanish imkoniga ega bo‘lishadi. Bu esa xarajatlarni 35-40 foizgacha qisqartirish imkonini beradi. Natijada, kichik fermerlar kuchliroq raqobatbardosh bo‘lib, milliy bozorni nafaqat to‘ldirish, balki xalqaro bozorda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lish yo‘lida qadam tashlaydilar.
🎞 Mazkur qonun qishloq xo‘jaligida yangi davrni boshlab berishi kutilmoqda. Unga oid qo’shimcha va batafsil ma’lumotlarni quyida keltirilgan video-lavha orqali bilib olishingiz mumkin.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston-Malayziya: Hamkorlikning yangi yo'nalishlari belgilab olindi
🟢 Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari hamda Malayziyaning Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining bosh kotibi o‘rinbosari Ruziya binti Xaji Shafey xonim boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
💬 Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
⛓ Xususan, muloqot davomida delegatsiya vakillari O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash hamda Malayziya va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish maqsadi borligini, bu borada amaliy ishlar olib borayotganligini ma’lum qildi.
💬 Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi strategiyasi va oziq-ovqat xavfsizligi tashabbuslarini ko‘rib chiqish, suvni boshqarish, ekinlarning xilma-xilligi va qishloq hududlarini rivojlantirish kabi asosiy muammolar yuzasidan muhokamalar olib borildi.
🔘 Muloqot davomida O‘zbekistonda yuqori qiymatli ekinlarga Malayziyaning dron texnologiyasini joriy qilish uchun pilot loyihalarni ishlab chiqish hamda texnologiyalarni joriy qilish va bilimlarni almashish bo‘yicha kelajakdagi loyihalar uchun yo‘l xaritasini tuzish borasida ham fikrlar tinglandi.
✅ Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida ipakchilik sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, bunda aynan shu yo‘nalishdagi olimlar jamoasini o‘zaro tajriba almashish uchun ikki davlatga ham tashriflarini yo‘lga qo‘yish kerakligi aytib o‘tildi.
👀 Bundan tashqari, O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi texnologiya almashinuvi bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish hamda aniq yo‘l xarita ishlab chiqish, innovatsion texnologiyalarni O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazish va bozorni kengaytirish uchun amaliy loyihalar va strategiyalarni ishlab chiqish borasida kelgusida qilinadigan aniq rejalar belgilab olindi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM