Telegram Group Search
Har bir xodim mas’uliyatni his qilgan holda vijdonan ishlasa, natija ham shunga yarasha bo'ladi

🟢Bugun qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov raisligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda vazirlik markaziy apparati, departament va boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.

💬Yig‘ilishda bir qancha dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, shu kecha-kunduzda mamlakatimiz hududlarida paxta ekinini nest-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olish jarayonlari hamda paxta qabul qilish maskanlarida paxta qabul qilishning kunlik hisob-kitobini yuritish masalalari, xususan, amaldagi raqamlarning “Agroplatforma” axborot tizimida aks ettirilayotgan raqamlarga mutanosibligi jihatlari tahliliy muhokama qilindi.

▶️Bundan tashqari joriy yildan e’tiboran, mamlakatimiz dalalarida ilk bor ekilgan xorijiy g‘o‘za navlarini kelgusi yilgi ekish ishlariga hozirdanoq kirishish kerakligi, joriy yilda xorijiy g‘o‘za navlarini parvarishlash, sifatli hosil olish va turli navlarni tajribadan o‘tkazish borasida keng ko‘lamli, natijaga yo‘nalgan ishlar amalga oshirilganligini, keyingi yillarda ham keng dalalarda xuddi shu yo‘sinda tizimli ravishda mazkur jarayonlarni amalga oshirishda har birimiz jonbozlik ko‘rsatishimiz kerakligini aytib o‘tdi.

🤔Yig‘ilishda xalqaro aloqalarga ham to‘xtalib o‘tildi. Bunda hamkor mamlakatlar bilan mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash, bu orqali umumiy o‘sish va farovonlikka erishishga qaratilgan kelgusi hamkorlik uchun ham yangi imkoniyatlar ochilishi aytib o‘tildi.

🟢Shuningdek, kuzgi g‘alla ekish ishlarining joriy holati ham tahlil qilindi. Vazir hududlarga "Ishchi guruhlar" chiqqan holda mavjud vaziyatni o‘rganishi, zarur bo‘lganda amaliy choralar ko‘rish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilish davomida ijro masalalari ham muhokama qilindi. Unda bugungi islohotlar jarayonidagi kamchilik va muammolar, ularni hal etish yo‘llari, ijro intizomini mustahkamlash masalalari atroflicha tahlil qilindi. Bunda asosiysi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalari tayyorlanishi ustidan shaxsiy nazoratni tashkil etish, ushbu hujjatlarni ijrochilarga tezkor yetkazilishi, mazkur hujjatlar ijrosi amalda nazorat qilinishini shaxsan tashkil etish hamda o‘z vaqtida, to‘liq va natijali ijro etilishini ta’minlash ijro intizomini mustahkamlashdagi asosiy vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

❗️Yig‘ilish yakunida, bugun har bir xodim eski qolipdagi, real hayotdan uzoq, yuzaki yondashuvlarga yo‘l qo‘ymasligi, bugungi shiddatli taraqqiyot hamma sohalarda vaziyatni tanqidiy baholab, ularni rivojlantirishda yangicha usul va samarali tizimlarni, zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etishni, yuksak mas’uliyat va tashabbuskorlikni talab etishi aytib o‘tildi. Shu nuqtayi nazardan, har bir mas’ul xodim ishiga vijdonan, o‘zaro kollaboratsiyaga asoslangan ish olib borish muhimligi ta'kidlandi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Baliqni sog‘lom parvarishlashga oid muhim tavsiyalar

🐟Baliq uchun toza va kislorodga boy suv zarur. Suv pH darajasini, haroratni va kislorod miqdorini muntazam o‘lchab turing. Baliqlarga zarur bo‘lgan suv parametrlarini saqlash baliqning o‘sishi va sog‘lig‘i uchun muhimdir.

🤑Ularni sifatli va muvozanatli ozuqa bilan ta’minlash lozim. Haddan tashqari oziqlantirishdan saqlanish kerak, chunki ortiqcha oziq suvni ifloslantiradi va baliqning sog‘lig‘iga zarar yetkazadi.

💧Baliqlar yashaydigan muhitni sog‘lom saqlash uchun suvni vaqti-vaqti bilan yangilab turish talab etiladi. Bu suvdagi zararli moddalar miqdorini kamaytiradi va baliqlarni kasalliklardan himoya qiladi.

🔴Ularda kasalliklar profilaktikasini amalga oshirish uchun zarur dorilarni ishlatish foydali. Baliqlar kasallanish alomatlari sezilsa, darhol karantin choralarini ko‘rish shart.

▶️Baliqlarni ko‘chirish, suv sifatining o‘zgarishi yoki haddan tashqari shovqin ularga stress yetkazishi mumkin. Stress baliqlarning immun tizimini zaiflashtiradi va ularni kasalliklarga moyil qiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
To‘qsonbosti ekinlar - daromad manbai. Qanday yondashuvni qo‘llash samarali? 

🌱To‘qsonbosti ekinlar tizimi respublikamizda hosildan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanishga katta imkoniyat yaratadi. Avgust-noyabr oylarida yer bo‘shab qolgandan so‘ng, unga sabzavot va boshqa ekinlarni ekish orqali fermerlar qo‘shimcha daromad olish imkoniga ega bo‘lmoqda. Ayniqsa, piyoz, sarimsoqpiyoz kabi sabzavotlarni “to‘qsonbosti” usulida ekish yaxshi foyda beradi.

▶️“To‘qsonbosti” usuli sabzavotlar erta hosil olishiga yordam beradi. Bu usul bo‘yicha urug‘lar yerga qishda ekiladi va 90 kun davom etadigan sovuq kunlar bosimida bo‘ladi. Shu sababli, erta bahorda ular tez unib chiqadi va bozor talablariga mos ravishda erta hosil beradi. Natijada, dehqon va fermerlarimiz bozorda yuqori talab mavjud bo‘lgan vaqtda mahsulotni sotish orqali yuqori foyda oladi.

💚Bundan tashqari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Paxtakor nav sinash uchastkasida kuzgi shudgorlash ishlari yakunlanib, 9 gektar maydonda to‘qsonbosti usulda piyoz va sarimsoqpiyoz ekildi. Bu loyihalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘paytirishga va mahalliy iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, mazkur uchastkada 2 sotixli issiqxonada limon va apelsin yetishtirilmoqda, bu esa qish mavsumida ham doimiy daromad olishga xizmat qiladi.

Tavsiya sifatida, dehqonlarimiz to‘qsonbosti usulini yanada kengroq qo‘llash orqali foydani oshirishlari mumkin. Bu usulda samarali natijalarga erishish uchun urug‘larni sifatli tanlash, maydonni kuzgi shudgorlash orqali yaxshi tayyorlash, va sovuqdan himoyalanish uchun yerlarni to‘g‘ri qoplash kabi texnikalarni qo‘llash zarur. Shu yo‘l bilan to‘qsonbosti ekinlari hosildorligi oshadi, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy barqarorligiga hissa qo‘shadi, va ichki bozor ehtiyojlarini yanada qondirishga yordam beradi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi borasidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda

🟢MDH agrosanoat kompleksi masalalari bo‘yicha Hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi video-konferens-aloqa tarzida bo‘lib o‘tdi. 

💬Unda MDH agrosanoat majmui masalalari bo‘yicha 2024-2025 - yillarga mo‘ljallangan hukumatlararo kengash raisini saylash, organik qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim loyihasi hamda 2025-yilda MDH agrosanoat majmui bo‘yicha Hukumatlararo kengashning navbatdagi majlisini o‘tkazish singari masalalar muhokama etildi. Shu bilan birga MDHga a’zo davlatlarning agrar sohada mutaxassislarni tayyorlash, oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy raqamli laboratoriyalarni tashkil etish borasidagi fikrlar ham muhokama etildi.

💬Mazkur yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, oliy darajadagi yig‘ilish doirasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik dasturi va Agrosanoat majmuasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bitim loyihalarini ishlab chiqish tashabbusi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 

👀Ushbu tashabbus ijrosi bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlik dasturi ishlab chiqildi va yig‘ilish qatnashchilariga ko‘rib chiqish va takliflarni olish uchun taqdimot qilindi. 

💚Yig‘ilish yakuniga muvofiq MDH a’zo davlatlari tomonidan dasturni qabul qilish ma’qullandi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/14 14:37:51
Back to Top
HTML Embed Code: