Telegram Group Search
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI pinned «Diqqat viktorina!

Bu qaysi rezavor meva?
»
Qulupnay zararkunandasi: Shilliq qurtga qarshi qanday choralar ko‘rish mumkin? 

🐛Shilliq qurt qushqo‘nmaslar (Arionidae) oilasiga mansub bo‘lib, asosan qulupnay va malinani zararlaydi. Ularning o‘simlikka yetkazadigan zarari, ayniqsa, mevalar pishib yetilgan vaqtda seziladi. Shilliq qurtlar asosan kechasi faol bo‘lib, kunduz kunlari tuproq, kesaklar yoki o‘simlik barglari ostida yashirinib yotadi. Bu ularni aniqlash va yo‘q qilishni murakkablashtiradi. Ular o‘simlik barglarini, mevani kemiradi va ortida shilimshiq iz qoldiradi. Bu esa nafaqat hosilning sifati va hajmini kamaytiradi, balki uni bozorda sotish uchun yaroqsiz holga keltiradi.

💬Shilliq qurtlarning ko‘payishi nam iqlim sharoiti va sug‘orish tizimidagi nosozliklarga bog‘liq. Nam tuproq va qalin o‘simlik qoplami ularga yashash va ko‘payish uchun qulay muhit yaratadi. Shuningdek, zararkunandalar urug‘lar, o‘simlik qoldiqlari yoki tuproq bilan birga boshqa hududlarga ham tarqaladi.

Kurash choralari

🌲Qulupnayzor atrofidagi tuproqqa superfosfat yoki so‘ndirilgan ohak purkash shilliq qurtlarni cheklashda samarali hisoblanadi. Ushbu moddalar zararkunandalar uchun noqulay muhit yaratadi. Sug‘orishdan keyin tuproqni tez-tez yumshatish va quruq holda saqlash zararkunandalarni kamaytiradi.

🤔Kechqurunlari qator oralariga karam barglari, qovun va tarvuz po‘choqlari yoki paxta faner bo‘laklari qo‘yilib, ertalab ulardagi shilliq qurtlar qo‘lda yig‘ib olish va yo‘q qilish mumkin. Yassi faner, eski qop yoki shox-shabbalardan tuzoqlar tayyorlab, kechasi qulupnayzor qatorlariga joylashtirib, ertalab tuzoqlardagi shilliq qurtlarni yo‘q qilish ham mumkin. 

🤔Zararkunandalarga qarshi maxsus molyuskitsid preparatlari qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Misol uchun, “Metaldehid” tarkibli granulalar shilliq qurtlarga qarshi samarali hisoblanadi. Biroq, kimyoviy usullarni qo‘llashda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim. Sug‘orishni me’yorida amalga oshirish zarur.

Shilliq qurtlarni boshqarishda kompleks yondashuv zarur. Mexanik usullarni profilaktik choralar bilan uyg‘unlashtirish hosilni himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. O‘z vaqtida amalga oshirilgan agrotexnik va kimyoviy tadbirlar zararkunandalar sonini nazorat ostida ushlash imkonini beradi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fermer hamda klaster kooperatsiyasi — ish samaradorligi bosh mezoni

🟢Bugun qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda paxta to‘qimachilik klasterlarining ish uslubi, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish subyektlarida erishilayotgan natijalar, jamoalar moddiy manfaatdorligini ta’minlashda amalga oshirilayotgan oqilona ish tutumi borasida muhokamalar olib borildi.

💬Vazir uchrashuv davomida bugungi davr ishbilarmon tabaqa vakillari zimmasida turgan muhim vazifalar, davlatimiz rahbari tomonidan biznes vakillariga yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, yurtdoshlarimiz moddiy manfaatdorligini ta’minlash yo‘lida ro‘yobga chiqarilayotgan istiqbolli loyihalar xususida fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, har bir tadbirkor bugun xalqimiz turmushi farovonligi yo‘lida bor kuch va imkoniyatini ishga solishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari paxta to‘qimachilik klasterlari faoliyat olib borishda ilmiy-tadqiqot institutlari, xususan olimlar jamoasi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish kerakligi, bu orqali faqat natijalar emas, balki sifat ko‘rsatkichlari ham birmuncha oshishi aytib o‘tildi.

🤔Muloqot davomida vazir klaster rahbarlariga 2025-yildan boshlab paxta yetishtirishda yangi 76 sxemani joriy etish borasida to‘xtalib o‘tdi. Bu sxema bir gektar yerga 240 ming ko‘chat ekish imkonini berib, hosildorlikni sezilarli darajada oshirishi mumkinligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, har bir yer uchastkasining o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinib, ekish va parvarishlash jarayonlarini ilmiy asosda, standartlashgan hamda tajribaga asoslangan holda rejalashtirish maqsadli ravishda amalga oshirilishi ham aytildi.

▶️Uchrashuv yakunida klaster rahbarlari soha oldida turgan muammo hamda masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib o‘tdi. Vazir o‘z navbatida, fermer hamda klasterning o‘zaro kooperatsiya asosida ishlashi, natija olib kelishini ta’kidlar ekan, bugungi kunda texnikasi bor klaster aynan fermerlarga o‘z xizmatlarini ko‘rsatish orqali o‘zaro manfaatli shartnomalar asosida bir birini qo‘llash joizligini ta’kidlab o‘tdi.

📌Binobarin, kimda qanday ehtiyoj bo‘lsa, ularning barchasini joyida hal qilgan holda barcha tashkiliy ishlarni uyushqoqlik bilan, izchillikda amalga oshirish maqsadga muvofiqligini qayd etildi.

↔️Albatta, paxtachilik mamlakatimizda yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Klaster tizimi yo‘lga qo‘yilgani ham nafaqat hosildorlikni oshishiga, balki tolani hammasini o‘zimizda qayta ishlash imkoniyatini yaratdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KPI: ushbu tizim tashkilot muvaffaqiyatining asosiy omilidir

▶️Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Yuristlar malakasini oshirish markazi hamkorligida "Tashkilotda KPI tizimini joriy etish" mavzusida amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimi Baxtiyor Xodjimuratov hamda Toshkent davlat yuridik universiteti xodimi Shohrux Nurullayev tomonidan olib borildi.

Mazkur uchrashuvda ishtirokchilarga KPI tizimi tushunchasi haqida batafsil ma’lumot berilib, uning tashkilot muvaffaqiyatini oshirishdagi o‘rni va ahamiyati atroflicha tahlil qilindi. Seminar davomida tashkilotlar uchun to‘g‘ri maqsad va rejalar qo‘yish, natijadorlikni aniq baholash tizimini shakllantirish va bu orqali xodimlarning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

✍️Jarayon davomida KPI tizimi joriy etilishi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish usullari haqida ham so‘z bordi. Jumladan, noto‘g‘ri baholash yoki xodimlarda motivatsiya pasayishiga olib keluvchi omillarni bartaraf etishning samarali yo‘llari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

🔼Xodimlarning faoliyatini tahlil qilish va baholash, ish rejalarini takomillashtirish hamda xodimlarning individual rivojlanish rejasini ishlab chiqish usullari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, motivatsiya turlarini to‘g‘ri qo‘llash masalalari ham keng yoritildi. Ishtirokchilarga xodimlarni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishda obyektiv baholash mezonlari va ularning tashkilotga keltiradigan foydasi haqida tavsiyalar berildi.

↔️Mazkur seminar nafaqat tashkilot boshqaruvchilarining, balki xodimlarning ham kasbiy rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan amaliy bilim va ko‘nikmalarga boy bo‘ldi. Unda muhokama qilingan masalalar tashkilotlarda innovatsion boshqaruv tizimlarini joriy etish va natijadorlikni oshirishga xizmat qilishi tayin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/12/26 20:14:33
Back to Top
HTML Embed Code: