group-telegram.com/qashqadaryobojxona/9462
Last Update:
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari O.Maxmadaliyev hamda Biznes ombudsman vakillari bilan birga Nishon tumanida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar bilan tanishdi.
✅Tashrif davomida, birinchi oʻrinbosar O.Maxmadaliyev va mehmonlar bilan tumanda faoliyat olib borayotgan umumiy qiymati 27,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan investitsion loyihani amalga oshirayotgan “Nishon Textile” MChJga tashrif buyurib, u yerda ip-kalava ishlab chiqarishni tashkil etish ishlari bilan tanishishdi.
🏗Ushbu loyiha doirasida 2025-yil davomida 14,2 mln AQSH dollarini oʻzlashtirish rejalashtirilgan. Yillik ip-kalava ishlab chiqarish quvvati 7 800 tonna ip-kalava ishlab chiqarishni tashkil qiladi. Loyiha toʻliq ishga tushishi bilan 300 nafar fuqarolar doimiy ish oʻrni bilan taʼminlanadi.
📘Uchrashuv davomida, loyihani ishga tushirishda vujudga keladigan muammo va kamchiliklarni hamkorlikda bartaraf etish hamda loyihani yanada kengaytirishda bojxona maʼmuriyatchiligi va bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq masalalarda ularga amaliy yordam koʻrsatishga tayyor ekanligi haqida tushuntirishlar berildi.
📽Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi. Axborot xizmati.
BY Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali📌
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/qashqadaryobojxona/9462