group-telegram.com/sirdaryommtb/19251
Last Update:
Oxirgi yillarda maktab oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini oʻz faoliyatidan boshqa ishlarga jalb qilish, ortiqcha va asossiz yigʻdi-yigʻdilarga qarshi kurashilyapti, bu masalada murojaatlar soni avvalgilariga nisbatan ancha kamaygan.
Lekin tizimda baʼzan jamoaga notoʻgʻri talablar qoʻyayotgan, turli maqsadlar uchun mablagʻ yigʻish topshiriqlarini berayotgan, bir soʻz bilan aytganda hamon eskicha fikrlayotgan masʼullar ham uchrab turibdi.
Yaqinda Quva tumanidagi maktablarning birida oʻqituvchilarning oylik maoshidan “open byudjet”da ovoz yigʻish uchun 700 ming soʻmdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qildik.
Bugun “Tashabbusli byudjet” loyihalari uchun ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu loyiha qisqa muddatda ochiqlik, fuqarolarning byudjet jarayonida ishtirokini oshirishga xizmat qilishi bilan eʼtiborga tushdi. Bu ijobiy islohotlarga oʻqituvchi, taʼlim xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish, ular maoshidan pul yigʻishlar bilan soya solmaylik.
Yana bir bor eslatmoqchiman, pedagoglarni ularning vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilish, turli maqsadlar uchun mablagʻ yigʻish kabi holatlar bilan hech qachon murosa qilmaymiz.
Hurmatli pedagoglar agar siz shu kabi holatlarga duch kelsangiz vazirlikka murojaat qiling, biz har bir holatni oʻrganamiz, oʻqituvchi va MTT xodimlari manfaatini himoya qilamiz!
@hilola_umarova
BY Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/sirdaryommtb/19251