group-telegram.com/soliqnews/10526
Last Update:
#yer_soligi #soliq_imtiyozi
▫️ “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
▫️urush nogironlari va qatnashchilari;
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
▫️yolgʻiz pensionerlar;
▫️boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar;
▫️Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
▫️energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.
Soliq imtiyozlari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.
Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.
Soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 436-modda
Jismoniy shaxslar imtiyozdan foydalanish uchun soliq imtiyoziga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni ikki usulda taqdim etishi mumkin:
▫️my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida "Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilish" xizmati orqali;
▫️ ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga mustaqil ravishda shaxsan taqdim etish orqali.
👉Batafsil
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter