Telegram Group Search
Xorijning yangi, istiqbolli navlari muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilmoqda

📍Ishchi tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrif manzili Olot tumanidagi "Merganteks" to‘qimachilik klasteriga qarashli tolani qayta ishlash korxonasi bo‘ldi.

🏠Korxona hududiga qarashli 1 gektarlik dala maydoniga 8 xil turdagi xorijiy navlar tajriba tariqasida ekilgan bo‘lib, navlar asosan Avstraliya, Braziliya, Xitoy davlatlaridan olib kelingan.

🇺🇿Vazir tajriba maydonidagi xorijiy g‘o‘za navlarini ko‘zdan kechirar ekan, 8 xil nav ichidan 3 ta navni yanada ko‘paytirish kerakligini aytib o‘tdi. Tajriba maydonidagi xorijiy g‘o‘za navlari orasida 80-100 sentner hosil beradigan istiqbolli navlar ham bor.

💬Albatta, buning uchun agrotexnologiyalarning to‘g‘ri qo‘llanilishi, zamonaviy hamda ilmiy yondashuv kerak bo‘ladi. Aytish kerak, bugungi kunda mo‘l hosil olish o‘zimizga, intilishimizga bog‘liq.

Klaster rahbari Ibrohim Hamroyev Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovdan ilm bilan muvofiq ish olib borayotganligi, bu borada qator ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari ham yordam bersa, aniqrog‘i birgalikda, bahamjihat bo‘lib qadam tashlasa maqsadga muvofiqligini qayd etib o‘tdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Rossiyaga 15 mln AQSH dollarlik olxo‘ri eksport qilgan

🔝O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-avgust oylarida 12 ta davlatga qiymati 24,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 30,1 ming tonna olxo‘ri eksport qilgan.

📈Olxo‘ri eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,1 mln AQSH dollariga oshgan.

2024-yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olxo‘ri eksport qilgan davlatlar:

🇷🇺Rossiya – 19,1 ming tonna;
🇰🇿Qozog‘iston – 9,4 ming tonna;
🇰🇬Qirg‘iz R. – 1,4 ming tonna;
🇧🇾Belarus – 177 tonna;
🇲🇳Mongoliya – 14 tonna;
🇦🇪BAA – 7,8 tonna.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yurtimizda sifatli tarzda yetishtirilayotgan paxtaning Xitoy navlarida qanday ijobiy xususiyatlarni ko‘rish mumkin?

▫️Xitoy paxta navlari o‘zining yuqori hosildorligi, sifatli tolasi va kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Xitoyda paxta yetishtirish agrar sanoatning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, bu yerda ishlab chiqarilgan paxta tolasining ko‘pchiligi yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega.

Xitoy paxta navlarining sifat ko‘rsatkichlari

🇨🇳Xitoyda bir nechta yuqori sifatli paxta navlari yetishtiriladi. Ushbu navlar ko‘proq “Gossypium hirsutum” (umumiy paxta) turiga tegishli bo‘lib, ba’zilari yuqori sifatli tolali hisoblanadi. Quyidagi sifat ko‘rsatkichlari eng muhimlaridandir:

Xitoy paxtasining tolasi, odatda, o‘rtacha va uzun shaklga ega bo‘lib, bu paxta mahsulotlarining sifati va mustahkamligini oshiradi.

Ushbu paxta tolasi mustahkam va elastik bo‘lib, ip-gazlamalar ishlab chiqarishda yuqori sifatli mahsulotlar olish uchun muhimdir.

Bunday paxta navlarida toza tolalilik darajasi yuqori, bu esa mahsulotlarni qayta ishlash jarayonini osonlashtiradi.

Mazkur navlar ko‘plab zararkunandalar va kasalliklarga qarshi chidamli hisoblanadi, bu esa o‘simliklarning barqaror o‘sishini ta’minlaydi.

Xitoy paxtasi hosildorlik bo‘yicha jahon miqyosida yuqori o‘rinlarda turadi. Ba’zi navlar gektariga 4-5 t gacha hosil bera oladi.

Xitoyda keng tarqalgan paxta navlari

🔝Zhongmian-41: Bu paxta navi yuqori hosildorligi va yaxshi tolasi bilan mashhur. U ko‘plab hududlarda, xususan, Xitoyning janubiy va markaziy qismlarida keng yetishtiriladi.

Xinji-1: Tolasi uzun va mustahkam bo‘lgan paxta navi bo‘lib, undan yuqori sifatli to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ushbu navi ko‘pincha Shimoliy Xitoyda yetishtiriladi.

🔗Zhongzhi-2: Uzoq muddatli vegetatsiya davriga ega bo‘lgan paxta navi bo‘lib, yaxshi iqlim sharoitlarida yuqori hosil beradi. U issiq va quruq mintaqalarda yaxshi o‘sadi.

Paxta yetishtirish imkoniyatlari bo‘lgan hududlar

🌲Xitoy paxta navlarini yetishtirish uchun ma’lum tuproq va iqlim sharoitlariga ehtiyoj bor. Ushbu sharoitlar quyida keltirilgan:

Paxta iliq va issiq iqlimni talab qiladi. O‘rtacha harorat 20-30°C atrofida bo‘lishi kerak. Xitoyning paxta navlarini o‘stirish uchun uzun va issiq vegetatsiya davri muhim. Shuningdek, quruq sharoitlar paxta yetishtirishda afzal hisoblanadi.

Paxta o‘simligi unumdor, yaxshi drenajlangan qumloq yoki loy tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Tuproqning pH darajasi 6-7 bo‘lishi tavsiya etiladi.

Xitoy paxta navlarini yetishtirish uchun mos hududlar

🚪Ushbu paxta navlari, o‘zining yuqori hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlari tufayli, boshqa davlatlar, jumladan, O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo mintaqalarida ham muvaffaqiyatli yetishtirilishi mumkin.

🇺🇿O‘zbekistonning janubiy va markaziy hududlari Xitoy paxta navlarini yetishtirish uchun juda mos. Ushbu hududlarda iliq iqlim va yaxshi irrigatsiya tizimlari mavjud bo‘lib, paxta uchun optimal sharoit yaratadi. Hozirda yurtimizning ko‘plab dala maydonlarida paxtaning Xitoy navlari muvaffaqiyatli tarzda yetishtirilmoqda.

🌡Issiq iqlimi va quruq hududlari tufayli Xitoy paxta navlari Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘istonning janubiy qismlarida ham yaxshi o‘sadi. Aytish mumkin, ushbu navlar yuqori hosil va sifat ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi, bu esa qishloq xo‘jaligi uchun iqtisodiy jihatdan samaralidir.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Fosforli o‘gitlardan foydalanish iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkonini beradi

🌱Fosfor o‘simliklarning ildiz tizimini mustahkamlash va meva berish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Bu esa hosildorlikni oshiradi va fermerlar uchun yuqori daromad manbai bo‘ladi.

🔼Ayniqsa, yuqori fosfor talab qiladigan ekinlarda (masalan, g‘alla, paxta, sabzavotlar va mevali daraxtlar) fosforli o‘g‘itlar yetarli darajada qo‘llanilsa, hosil miqdori sezilarli darajada ortadi.

📌Yana bir ahamiyatli tomoni, tuproqqa kiritilgan fosforli o‘g‘itlar tarkibidagi fosforning 5-15% i (dehqonchilik uchun o‘ta qulay yillarda 20% gacha) birinchi yilda ekilgan ekinlar tomonidan o‘zlashtiriladi.

🔗Demak, yerga solingan fosforli o‘g‘itlarni 80% i kelasi yillarga zaxiralanadi. Shu sababli fosforli o‘g‘itlardan foydalanish koeffitsiyentini yaxshilash yo‘llaridan biri uni zaxiraviy qo‘llashdir.

🤑Mazkur usulda har gektar maydonga 3-4 t atrofida fosforli o‘g‘it kiritiladi, bunda o‘g‘itni tuproqqa kiritish bilan bog‘liq xarajatlar keskin kamayadi.

▶️Shuningdek, fosforli o‘g‘itlar azot va kaliy o‘g‘itlari bilan birgalikda ishlatilganda samarali natijalar beradi. Bu muvozanatli oziqlantirishning o‘simliklar uchun ideal sharoit yaratishiga olib keladi va hosildorlikni ko‘paytiradi.

👍Yaxshi hosildorlik orqali fermerlar o‘g‘itlar uchun sarflagan xarajatlarni qoplaydi va qo‘shimcha daromadga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, yur unumdorligiga erishishlari ham mumkin.

📝Fosforli o‘g‘itlarning haddan tashqari yoki yetarli darajada ishlatilmasligi hosilga zarar yetkazishi mumkin. Optimal doza tanlash hosildorlikni oshirishda muhim hisoblanadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tok qalamchalari bilan ishlash tartibi. Ulardan foydalanishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

🍇Toklarni ko‘paytirish uchun lozim bo‘lgan eng yaxshi qalamchalar sog‘lom, o‘z navining eng yaxshi namunasi bo‘lgan tok novdalaridan kesib olinadi.

🧬Ular o‘z tarkibida yetarlicha uglevodga boy ozuqalarni jamlagan bo‘lishi lozim, chunki ular yerga suqilgandan keyin birmuncha muddat ildiz va novdalar rivoji aynan shu ozuqa hisobidan ta’minlab turiladi.

📌Ko‘paytirish uchun yaxshi qalamchalarni saralab olish tokning sog‘lom o‘sib, unishida muhim ahamiyatga ega. Agarda qalamchalar boshqa navdan kesib olingan bo‘lsa, ko‘paytirishning mutlaqo imkoni yo‘qoladi. Buning uchun, ko‘paytirish jarayonini boshqatdan boshlash lozim bo‘ladi.

🌲Qalamchalarni tayyorlashda faqatgina bir yoshli tok novdalaridan foydalanish kerak. Bunda qalamchalar 100 tadan qilib bog‘lanadi, 2 metrga 1 metr qilib chuqur qaziladi. Chuqurga bog‘langan qalamchalar joylashtiriladi. Keyin ular tuproq bilan to‘liq ko‘mib berkitiladi.

🟢Chuqurdagi qalamchalar nam holatda saqlanishi shart. Agarda havo quruq bo‘lsa, qalamchalar ko‘milgan chuqurga suv quyish talab etiladi. Lekin namlashda ham me’yor kerak, ortiqcha suv berish muammo keltirishi tayin.

⬇️Masalan, qalamchalar suvli hududda uzoq vaqt qolsa, o‘z tanasidan yig‘ilgan energiya zaxirasini sarflash natijasida kurtaklarni uyg‘onishi tezlashadi. Bu jarayonlar qalamchalarning nobud bo‘lishiga olib keladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/17 07:03:51
Back to Top
HTML Embed Code: