Telegram Group Search
#RASMIY_MUNOSABAT

MUROJAATGA MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Yunusobod tumanining 6,7,8,9,13,14,17,19- mavzelarida hamda «Katta Hasanboy» mahallasi hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan uzilish sodir bo`layotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning, 14-iyun kuni Yunusobod tumani hududidagi 110/10/6 kVli «Beshqo‘rg‘on» podstansiyasidagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasining shikastlanishi natijasida favqulotda avariya holatida elektr ta'minotida o'chishlar yuzaga keldi. Favqulotda yuzaga kelgan nosozlikni tezkor va xavfsiz bartaraf etish maqsadida mavjud kuch transformator to‘liq o‘chirilgan.

Natijada, mazkur podstansiya orqali elektr energiyasi bilan ta’minlovchi Yunusobod tumanining ayrim qismlari elektr energiyasiz qolgan. Shu kunning o`zidayoq tezkor brigadalar tomonidan zarur choralar ko‘rilishi natijasida holat to‘liq bartaraf etilib, hududlar bosqichma-bosqich qayta tarmoqqa ulanganligini ma`lum qilamiz.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#PS_BOTANIKA

⚡️ YUQORI KUCHLANISHLI PODSTANSIYALARDA MODERNIZATSIYA ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahri iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashni yanada yaxshilash to‘g‘risida» gi qaroriga muvofiq, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan poytaxt tumanlarida elektr ta’minoti tizimini yanada ishonchli va barqaror qilish maqsadida mavjud yuqori kuchlanishli podstansiyalarda modernizatsiya va mukammal ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahrida joylashgan 35-110 kV kuchlanishli podstansiyalarda elektr uskunalari ko‘rikdan o‘tkazilib, xizmat muddati tugagan qismlar zamonaviy va energiya tejamkor uskunalarga almashtirilmoqda.


Ayni vaqtda, podstansiyalarda modernizatsiya ishlari davom ettirilmoqda.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Yunusobod tumani S-4-mavzesi hududidagi ko`p qavatli uyning elektr energiyasida uzilishlar bo`layotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 17-iyul kuni soat 14:02 da Yunusobod tumani S-4-mavzesi hududidagi ko‘p qavatli uylarni elektr energiyasi bilan ta`minlovchi TP-2147-sonli transformator punktida yuklama ortishi oqibatida elektr qurilmasi shikastlangan. Ushbu nosozlik natijasida vaqtinchalik elektr energiyasi uzilishi yuzaga kelgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida nosozlik bartaraf etilib, soat 17:25 da iste’molchilarga elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
SIZNING OVOZINGIZ JUDA MUHIM!

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni baholash maqsadida hududiy filial va korxonalar faoliyatiga oid so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

📊 Ishtirokingiz orqali sizga xizmat ko‘rsatayotgan korxona faoliyati o‘rganiladi va zarur choralar ko‘riladi.

🏅 Eng yuqori natija ko‘rsatgan korxonalar maxsus mukofotlar bilan rag‘batlantiriladi.

📢 So‘rovnomada qatnashing — elektr ta’minoti sifatini oshirishga o‘z hissangizni qo‘shing!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌿 Assalomu alaykum!

🌿 Shanba tongi muborak bo'lsin azizlar. Kuningiz mazmunli o'tsin☀️

🌿 Xush kayfiyat, omad kun bo'yi hamrohingiz bo'lsin.

       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 ☀️  21 -  iyun haftaning shanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

Yangi kun barchamizga muborak bo'lsin
.

🌐 Telegram
SIZNING OVOZINGIZ JUDA MUHIM!

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni baholash maqsadida hududiy filial va korxonalar faoliyatiga oid so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

📊 Ishtirokingiz orqali sizga xizmat ko‘rsatayotgan korxona faoliyati o‘rganiladi va zarur choralar ko‘riladi.

🏅 Eng yuqori natija ko‘rsatgan korxonalar maxsus mukofotlar bilan rag‘batlantiriladi.

📢 So‘rovnomada qatnashing — elektr ta’minoti sifatini oshirishga o‘z hissangizni qo‘shing!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌷 Assalomu alaykum!

🌷 Yakshanba tongi muborak bo'lsin azizlar. Kuningiz mazmunli o'tsin☀️

🌷 Xush kayfiyat, omad kun bo'yi hamrohingiz bo'lsin.

       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 ☀️  22 -  iyun haftaning yakshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

Yangi kun barchamizga muborak bo'lsin
.

🌐 Telegram
#DIQQAT_ELON

BEKTEMIR TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida, ertaga 23 - iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Bektemir tumani: «Ustozlar» hamda «Zabardast» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌷 Assalomu alaykum!

🌷 Yakshanba tongi muborak bo'lsin azizlar. Kuningiz mazmunli o'tsin☀️

🌷 Xush kayfiyat, omad kun bo'yi hamrohingiz bo'lsin.

       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 ☀️  23 -  iyun haftaning dushanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

☘️ Yangi kun barchamizga muborak bo'lsin
.

🌐 Telegram
2025/06/29 11:39:06
Back to Top
HTML Embed Code: